» » Oliy Liga. Bugun Toshkent derbisi: Lokomotiv Paxtakor. Bunyodkor esa Samarqandda saf tortadi

Oliy Liga. Bugun Toshkent derbisi: Lokomotiv Paxtakor. Bunyodkor esa Samarqandda saf tortadi


Futbol boyicha Ozbekiston Oliy Ligasining 22-tur bellashuvlari bugun 21-sentabr kuni start oladi. Uning markaziy oyini Toshkentdagi Lokomotiv stadionida kechib, temiryolchilar poytaxtning boshqa bir grandi Paxtakorni qabul qiladi.

Bunyodkor esa Samarqandda Dinamo mehmoni boladi. Bungacha Dinamo Toshkentda ikki bor durang oynab ketishga muvaffaq bolgandi. Sergey Lushchan jamoani boshqargan vaqtda qaldirgochlar 1:1 hisobida durang oynab, 2 ochko yoqotgandi. Keyinroq Mirjalol Qosimov boshqaruvida Bunyodkor Samarqand klubini Ozbekiston Kubogi chorak finalining ilk oyinida taslim qila olmadi 0:0.

Championat.asia malumotiga kora, Dinamo 2-davra boshlanganidan buyon gol ura olmaydi. Yani, Samarqand klubi olti uchrashuvdan buyon raqiblar darvozasiga yol topa olganicha yoq. Bunyodkor esa 2-davraning olti oyinida 4 marta zafar quchdi va 2 marta durang oynadi. 5 ta uchrashuvda oz darvozasidan gol otkazib yubormadi.

Dinamo muxlislari sovrinli orinlar uchun kurash olib borayotgan ikki klub Buxoro va Qoqon1912dan ochko tortib olingani bilan maqtanishi mumkin. Mazkur bellashuvlar 0:0 hisobidagi durang bilan yakuniga yetgandi.

Ozbekiston Oliy Ligasi
22-tur bellashuvlari
21-sentabr, payshanba

Dinamo Bunyodkor 16:30
Lokomotiv Paxtakor 18:00
Shortan Navbahor 18:00

22-sentabr, juma
Obod Nasaf 16:00
Metallurg Qoqon1912 16:00
Neftchi Sogdiyona 17:00
Mashal Buxoro 17:30
Qizilqum Olmaliq 18:30

Daryo yangiliklarini Odnoklassnikida kuzatib boring

: admin (21-09-2017, 14:42)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
:
-
:
20 ... -