» » Tom Kruz suratga olish ishlarida halok bo‘lgan ikki nafar uchuvchining o‘limida ayblanmoqda

Tom Kruz suratga olish ishlarida halok bo‘lgan ikki nafar uchuvchining o‘limida ayblanmoqda


Amerikalik aktyor Tom Kruz “Amerikada ishlangan” filmining suratga olish jarayonida halok bo‘lgan ikki nafar uchuvchining o‘limida ayblanmoqda. Bu haqda uchuvchilarning qarindoshlariga asoslanib Daily News ma’lum qildi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.

Uchuvchilarning qarindoshlarini ta’kidlashicha, film rejissori Dag Layman avval boshida ko‘zda turilmagan holda suratga olish kunlarini ko‘paytirib, uchuvchilarning ko‘proq uchishga majbur qilgan. Tom Kruz esa uni qo‘llab-quvvatlagan.

Oqibatda ikki motorli samolyot Kolumbiyadagi tog‘larga borib urilgan va ikki nafar uchuvchi (Alan Purvin hamda Karlos Berl) vafot etgan, uchinchi uchuvchi esa omon qolgan, biroq u endi hech qachon yura olmaydi.

Prodyuserlardan birining qayd etishicha, suratga olish ishlarining yakuni 48 soat davom etgan bo‘lib, bu uning tajribasidagi “eng ahmoqona” harakat bo‘lgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-09-2017, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 65) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют