» » Kaliforniya Meksika bilan chegaradagi devor tufayli sudga da’vo kiritdi

Kaliforniya Meksika bilan chegaradagi devor tufayli sudga da’vo kiritdi


Kaliforniya shtati (AQSh) Meksika bilan chegarada devor qurilishi bo‘yicha loyihani sud orqali to‘xtatib qo‘yilishiga erishishni rejalashtirmoqda. Bu haqda shtat bosh prokurori Ksavyer Bekerra chegara yonidagi brifingda ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Da’vo San-Diyego federal sudiga kiritilgan.

“Ular nafaqat davlatimizga ta’sir ko‘rsatuvchi federal qonunlar, balki shtatning ko‘plab qonunlari va o‘ninchi tuzatishni buzmoqda. Shu bilan bir paytda ular faqat Kongress qilishini mumkin bo‘lgan ishni qilishga urinmoqda”, — deydi Bekerra.

O‘z navbatida, AQSh bosh prokurori Jeff Seshns mamlakatda istalgan shaxs sudga da’vo kiritishi mumkinligini ta’kidladi.

“Biroq bizning davlat chegaramiz bor. Hukumat ushbu chegarani qo‘riqlaydi va uning himoyasi uchun javobgar. Chegara devori loyihasini muvaffaqiyatli yakunlash uchun Kongress bizga pul bermoqda”, — dedi u.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-09-2017, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют