» » Xorijda qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolarga O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari tomonidan moddiy yordam ko‘rsatiladi

Xorijda qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolarga O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari tomonidan moddiy yordam ko‘rsatiladi


Bugun, 21-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy matbuot markazida joriy yil 5-iyul kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning o‘zbekistonliklar bilan “to‘g‘ridan-to‘g‘ri” muloqoti chog‘ida bildirilgan muammolar va taklif-mulohazalar bo‘yicha milliy va xorijiy OAV vakillari hamda keng jamoatchilikni xabardor qilishga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abdurahim Xo‘jayev xorijda vaqtincha va doimiy yashab kelayotgan fuqarolarga qulay shart-sharoitlar yaratish borasida qilinayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Konsullik ustavining yangi tahriri loyihasi Vazirlar Mahkamasiga muhokama uchun kiritildi. Mazkur qonun loyihasiga bir nechta o‘zgartirishlar kiritildi. Jumladan, xorijiy davlatlarda moddiy jihatdan murakkab ahvolga tushib qolgan fuqarolarga O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari tomonidan moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish, konsullik mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarlik darajasini oshirish kabilar qonun loyihasidan o‘rin oldi.

Abdurahim Xo‘jayev, Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (21-09-2017, 17:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 99) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют