» » Mixail Proxorov Rossiya mediabiznesidagi so‘nggi aktivini sotdi

Mixail Proxorov Rossiya mediabiznesidagi so‘nggi aktivini sotdi


Rossiyalik biznesmen Mixail Proxorovning ONEKSIM guruhi mediabiznesdagi so‘nggi aktivi — “Snob” loyihasini sotdi. Loyiha bosh direktori Marina Gevorkyan “Snob Media” MChJ ulushining 100 foizini xarid qildi, deya xabar beradi TJournal. 

“ONEKSIM guruhi yangi investitsiya strategiyasini amalga oshirish doirasida Rossiya mediaaktivlaridagi ishtirokini to‘xtatishga qaror qildi. ‘Snob’ loyihasi guruhning mazkur yo‘nalishdagi oxirgi aktivi bo‘lib qolayotgandi”, — deydi guruh bosh direktori Dmitriy Razumov.

Tomonlar kelishuv summasini oshkor qilmadi. Marina Gevorkyan 2009-yilda kompaniyaga kelgan, 2012-yildan beri “Snob Media” MChJ bosh direktori lavozimida ishlaotgandi. 

Ma’lumot uchun, Mixail Prxorov shu yil iyunida yana bir mediaaktivi — “RBK” xoldingini ham sotgandi. 

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (21-09-2017, 17:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют