» » Umid Ahmadjonov FIFA prezidenti bilan uchrashdi. Kichik mundiallar O‘zbekistonda o‘tishi mumkin

Umid Ahmadjonov FIFA prezidenti bilan uchrashdi. Kichik mundiallar O‘zbekistonda o‘tishi mumkin


O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov va tashkilot Ijroiya qo‘mitasi a’zosi Bobur Shodiyev bugun — 21-sentabr kuni Shveysariyaning Syurix shahrida FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashdi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar berdi.

FIFA qarorgohida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakuniga ko‘ra, O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonovning taklifi bilan Janni Infantino O‘zbekistonga tashrif buyurishga va’da berdi. Tashrif qachon amalga oshishi borasida hozircha aniq ma’lumotlar yo‘q.

Umid Ahmadjonov FIFA tasnifidagi xalqaro tadbir va musobaqalarni O‘zbekistonga olib kelish maqsadida Shveysariyaga borgani aytilgan. O‘zaro suhbatda o‘smirlar hamda yoshlar o‘rtasidagi Jahon Chempionati, shuningdek, yosh qizlar o‘rtasidagi kichik mundiallarni O‘zbekistonda o‘tkazish masalasi qizg‘in muhokama qilingan.

O‘FF bunga qadar ham bu kichik mundiallarni O‘zbekistonda qabul qilish masalasini ko‘rib chiqqan va FIFAga taklif yuborib, o‘z nomzodini ilgari surgandi. Ammo keyinchalik O‘zbekiston tomoni bunga tayyor emasligi oydinlashgandi.

O‘zbekiston bugungi kunga kelib FIFA Kongressi, shuningdek, tashkilotning ixtisoslashgan forumlaridan biriga mezbonlik qilishga tayyor ekanligi Infantinoga ma’lum qilindi. FIFA xohlagan vaqtida istalgan tadbirni O‘zbekistonda bemalol o‘tkaza olishiga ishonishi mumkin.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston delegatsiyasi futbol targ‘ibotini kuchaytirish maqsadida FIFAdan dunyo futbolining yorqin afsonalari va buguni kun yulduzlarini O‘zbekistondagi yosh futbolchilarga master-klass o‘tab berishi, shuningdek, top-murabbiylar O‘zbekistonda nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazib berishini ta’minlashda FIFAdan amaliy yordam berishini so‘radi. Bundan tashqari, Yevropaning ko‘zga ko‘ringan futbol klublari va O‘zbekiston jamoalari o‘rtasida hamkorlikdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish va mutaxassislarni jalb qilgan qolda, o‘zaro tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvga erishilgani aytildi.

Umid Ahmadjonov Shveysariya safari uchun Ijroqo‘m a’zolaridan nima sababdan aynan Bobur Shodiyevni tanlab olgani ochiqlanmagan. Qayd etish kerak, u O‘FF prezidenti bo‘lguniga qadar, “Paxtakor” prezidenti Bobur Shodiyevga vitse-prezident sifatida ishlab kelayotgandi.

“Paxtakor” matbuot xizmati Umid Ahmadjonov jamoadan rasman ketgani borasida axborot berib ulgurmagan. Bobur Shodiyevning esa “Paxtakor”dagi prezidentligi davom etmoqda. “Bobur Kabulovich bundan buyon O‘FF ijroqo‘mi a’zosi sifatida o‘zbek futbolini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shishga intiladi”, — deb yozgandi “Paxtakor” matbuot xizmati.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-09-2017, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют