» » Shveysariyaliklar Lamborghini Aventador S uslubida yaratilgan soatni taqdim etdi

Shveysariyaliklar Lamborghini Aventador S uslubida yaratilgan soatni taqdim etdi


Roger Dubuis manufakturasi Lamborghini’ning sport bo‘limi — Squadra Corse bilan hamkorlikda Excalibur Aventador S skeletonini (ochiq mexanizmli soat) ishlab chiqardi, deb xabar berdi “Motor”.

Yangi mexanizmga ikkita balans g‘ildirakchalari o‘rnatilgan bo‘lib, ulardan biri qo‘lda vaqti-vaqti bilan burashga mo‘ljallangan bo‘lsa, ikkinchisining zaxirasi 40 soatga yetadi. Soat italyan mashina brendida foydalaniladigan, Lamborghini tomonidan ishlab chiqarilgan ko‘p qatlamli uglerod tolasi, C-SMC karbon tolali kompozit va titandan ishlangan.

Soatning ayrim qismlari Lamborghini’ning rangiga — sariq Giallo Orion va to‘q sariq Arancio Argos’ga bo‘yalgan.

Kompaniya sariq rangli skeletondan 88 nusxada, to‘q sariqlisidan esa sakkiz dona ishlab chiqaradi. Birinchi soatning narxi 194 500 dollar, ikkinchisiniki 216 000 ming dollar bo‘ladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-09-2017, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 22) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют