» » Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 835 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga O‘zbekiston pasporti topshirildi

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 835 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga O‘zbekiston pasporti topshirildi


Milliy matbuot markazida 21-sentabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning joriy yil 5-iyul kuni vatandoshlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti chog‘ida bildirilgan muammolar va taklif-mulohazalar bo‘yicha milliy va xorijiy OAV vakillari hamda keng jamoatchilikni xabardor qilishga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda O‘zbekistonda uzoq yillar mobaynida yashab kelayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston fuqaroligini olish tartibining soddalashtirilgani bois, o‘tgan davr mobaynida 835 nafar fuqaroning murojaati ijobiy hal etilgani aytib o‘tildi.

Ma’lumot o‘rnida shuni aytib o‘tmoqchimanki, 1991-yildan 2007-yilgacha 482 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan bo‘lsa, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 7 ta farmon imzolanib, 835 nafar fuqaro O‘zbekiston fuqaroligini olgan.

Ulug‘bek Toshxo‘jayev, O‘zbekiston IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (21-09-2017, 19:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют