» » “Taxtlar o‘yini” mualliflari serialga yana bir spin-off ishlanishini ma’lum qildi

“Taxtlar o‘yini” mualliflari serialga yana bir spin-off ishlanishini ma’lum qildi


HBO telekanali fentezi janridagi “Taxtlar o‘yini” serialining beshinchi spin-offi ishlab chiqarilishini ma’lum qildi. Bu haqda Entertainment Weekly xabar bermoqda.

Aytilishicha, yangi loyiha original serialning prikveli bo‘ladi. Uning ustida amerikalik prodyuser, “Taxtlar o‘yini” ssenariynavislaridan biri Brayan Kogman original romanlar muallifi Jorj Martin bilan birga ishlaydi.

Loyihaning boshqa tafsilotlari ma’lum emas. Hozircha unda “Taxtlar o‘yini” seriali qahramonlari ishtirok etmasligi aniq, xolos.

Martin o‘z blogida yangi serial uning kitoblaridan biriga asoslanishini bildirib o‘tdi.

Ilgari “Taxtlar o‘yini”ga to‘rtta spin-off ishlanishi ma’lum qilingan edi. Yangi loyiha bu turdagi beshinchi serial bo‘ladi.

Spin-off — asosiy syujetga qisman daxldor bo‘lgan, boshqa qahramonlar ishtirokidagi bayon.

Prikvel — voqealari original syujetdan oldin ro‘y beradigan bayon.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-09-2017, 20:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют