» » Rostov-Donda o‘n qavatli mehmonxonada yong‘in ro‘y berdi, ikki kishi halok bo‘ldi (video)

Rostov-Donda o‘n qavatli mehmonxonada yong‘in ro‘y berdi, ikki kishi halok bo‘ldi (video)


Rossiyaning Rostov-Don shahrida joylashgan o‘n qavatli Torn House mehmonxonasida yong‘in ro‘y berdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Mahalliy favqulodda xizmatlar bayonotiga ko‘ra, ikki kishi halok bo‘lgan. Ular orasida mehmonxona ma’muri bor. Jarohatlanganlar soni aniqlashtirilmoqda.

Bino fasadi olov ichida qoldi. Kun o‘rtasiga kelib 840 kvadrat metr hududdagi yong‘in o‘chirildi.

Voqea joyida 76 o‘t o‘chiruvchi va 22 texnika birligi ishlamoqda.

Mehmonxonadan bir necha o‘n kishi evakuatsiya qilindi. Yaqin atrofda joylashgan binolar, shu jumladan, bir bolalar bog‘chasida ham evakuatsiya e’lon qilindi.

Yong‘in Don davlat oziq-ovqat texnologiyalari va biznes instituti chordog‘iga ham o‘tgani bildirilmoqda. Bundan tashqari, binodan qulagan parchalar tufayli pastda turgan yetti avtomobilga o‘t ketdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-09-2017, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют