» » Livan prezidenti BMTni suriyalik qochqinlarni yurtiga qaytarishda yordam berishga chaqirdi

Livan prezidenti BMTni suriyalik qochqinlarni yurtiga qaytarishda yordam berishga chaqirdi


Livan prezidenti Mishel Aun BMTni suriyalik qochqinlarni o‘z yurtiga qaytarishda yordam qo‘lini cho‘zishga da’vat etdi. BMT Bosh Assambleyasi sessiyasidagi chiqishida u Suriya qo‘shinlari mamlakat hududining 85 foizini nazoratga olganini qayd qilib o‘tdi, deb xabar beradi “TASS”.

“Shubha yo‘qki, BMT suriyaliklarni hozir yurtiga qaytarishga yordam bergani ma’qul, ular qochqinlar lagerlarida og‘ir ahvolda yashamoqda”, — dedi u.

Shuningdek, Livan yetakchisi qochqinlarni ko‘chirish jarayoni ixtiyoriy xarakterga ega bo‘lishi lozimligini qo‘shimcha qildi.

Uning axborotiga ko‘ra, Livanda qochqin maqomida yashayotgan suriyaliklar soni u yerda turgan falastinliklar bilan birga mamlakatda bo‘lib turgan aholining yarmini tashkil etmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-09-2017, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют