» » Bolalar uchun ongni oshiruvchi o‘yinlar va kitoblar foydalimi?

Bolalar uchun ongni oshiruvchi o‘yinlar va kitoblar foydalimi?


Ota-onalar farzandining katta bo‘lganda kim bo‘lib yetishishini oldindan bilmaydi. Lekin har tomonlama muvofiq shaxs bo‘lib yetishishi uchun hamma sharoitlarni yaratishga ularning kuchi yetadi.

Ba’zi ota-onalar bir qancha ongni oshiruvchi o‘yinlar yuklatilgan gadjet bola uchun butun dunyoning o‘rnini bosa oladi deb noto‘g‘ri fikrlaydi. Bunday ota-onalar bolaga planshetni beradi va shu bilan ularning tarbiyaviy rollari tamom bo‘lganligiga umid qiladi.

Bolaning yoniga o‘tiring, uni quchoqlang va kulgili she’r yoki ertak o‘ylab topishga harakat qiling. Hatto kir yuvish va kiyimlarni dazmol qilish, yig‘ishtirish, ovqat pishirish vaqtida ham farzandingizga e’tibor qarating.

Uy ishlarini jimgina, xayol surish bilan emas, balki kichkintoyga quvnoq qo‘shiqlar yoki qiziqarli hikoyalar aytish bilan bajaring. Agar bola bilan birga biron narsa o‘ylab topsangiz yana ham yaxshiroq bo‘ladi. Shunda oddiy ishlar sizga quvonch bag‘ishlaydi, bolaga esa ko‘plab ijobiy tuyg‘ular sovg‘a qiladi va uning yaxshi o‘sishiga yordam beradi.

Olimlar hayotining birinchi uch yilida ko‘p suhbat qilingan bolalarning aql-idrok koeffitsiyentlari kam muloqot qilingan bolalarnikidan yuqoriroq ekanligini aniqladi.

Ota-onalar bilan suhbatlar, ovoz chiqarib o‘qish – bu bolaga zarur bo‘lgan kundalik  minimum.

To‘g‘ri rivojlanishi uchun hatto emadigan bolaga ham tuyg‘ularga to‘la hayot kerak bo‘ladi, faqat shundagina u haqiqatan ham o‘zini yaxshi his qiladi. Bola siz uni yaxshi ko‘rishingizni his qilishi zarur va bu sevgining namoyon bo‘lishi unga tushunarli bo‘lishi kerak: erkalovchi so‘zlar, birgalikdagi o‘yinlar.

Ota-onalar bola uchun dunyodagi eng muhim va qiziqarli narsa – bu ular bilan birgalikda o‘tkazilgan vaqt ekanligini tushunishi kerak.

Manba: Weekend Rambler

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (22-09-2017, 01:27)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют