» » OAV: Moskva yaqinida Airbus A380 ning halokatiga bir bahya qoldi

OAV: Moskva yaqinida Airbus A380 ning halokatiga bir bahya qoldi


Moskvaning Domodedovo aeroportidan 15 kilometr uzoqlikda Airbus A380 samolyotining halokatga uchrashiga bir bahya qoldi. Hodisa 10-sentabrda yuz bergan. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Avia Herald portalining ma’lumotlariga ko‘ra, Dubaydan uchib kelayotgan Emirates aviakompaniyasiga tegishli samolyot aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagiga kirish oldidan 120 metrgacha pasaygan. Bu holatdagi me’yoriy balandlik 600 metrni tashkil qiladi. Shundan so‘ng samolyot yana ko‘tarilgan va qo‘nish uchun qaytadan aylanib kelgan, biroq bu urinish ham muvaffaqiyatsiz bo‘lgan. A380 uchinchi urinishda qo‘nishga muvaffaq bo‘lgan.

Hodisa yuz berganda samolyot bortida 426 nafar yo‘lovchi bo‘lgan, ulardan hech kim jabrlanmagan.

Jiddiy hodisa sifatida tavsiflanayotgan mazkur holat BAAning fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi tomonidan o‘rganilmoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (22-09-2017, 06:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют