» » Muborak gazni qayta ishlash zavodining 3 ishchisi gazdan zaharlanib halok bo‘ldi

Muborak gazni qayta ishlash zavodining 3 ishchisi gazdan zaharlanib halok bo‘ldi


2017-yilning 20-sentabr kuni “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MChJ sexida gazdan propan va butan ajratish qurilmasini tozalash vaqtida, ehtiyotsizlik oqibatida zavod ishchilaridan 4 nafari gazdan zaharlangan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Natijada 3 nafar xodim – sex boshlig‘i A’zam Kuliyev, operatorlar Qudrat To‘rayev va Umrzoq O‘rinovlar birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramay voqea joyida vafot etgan.

Operator Davron Botirov Muborak tumani markaziy kasalxonasiga yotqizilgan. Uning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda.

Mazkur holatning kelib chiqish sabablarini o‘rganish va bu kabi hodisalarning olidini olish bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzilib, tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Komissiya tomonidan vafot etganlarning oila a’zolariga barcha zaruriy yordamlarni ko‘rsatish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda, deyiladi xabarda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-09-2017, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют