» » Shimoliy koreyalik gimnast Moskva sirkidagi chiqishidan so‘ng jarohat olib, vafot etdi (video)

Shimoliy koreyalik gimnast Moskva sirkidagi chiqishidan so‘ng jarohat olib, vafot etdi (video)


Shimoliy koreyalik gimnast O Yun Xek Moskva Katta sirkidagi chiqishidan so‘ng olamdan o‘tdi. Bu haqda “Moskva” agentligi xabar bermoqda.

“O Yun Xek 16-sentabr kuni ‘Idol’ xalqaro festivalida ‘6 salto mortale’ tryukini ijro etayotganida umurtqa bo‘yin qismini jarohatladi. U birinchi gal Ginnes rekordlar kitobiga kirgan tryukni muammosiz ijro etgandi, biroq sifatsiz bajarilgan hisoblab, qaytarishga qaror qilgandi”, — deydi sirk matbuot kotibi Alyona Lebed.

Gimnastga sirkda o‘sha zahoti tez tibbiy yordam ko‘rsatildi va qisqa muddatda shahar kasalxonasining reanimatsiya bo‘limiga yetkazildi. Operatsiya o‘tkazildi, biroq jarohatlarning jiddiy asorati oqibatida O Yun Xek 20-sentabr kuni vafot etdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (22-09-2017, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют