» » Oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va talabalari paxta terimidan qaytarilmoqda

Oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va talabalari paxta terimidan qaytarilmoqda


O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchi va talabalari paxta terimidan ozod etildi. Bu haqda “Daryo”ning ishonchli manbalari xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, paxta terimiga jalb etilgan talabalar uchun ertaga, 23-sentabrdan boshlab dars jarayoni boshlanadi.

Biroq, tibbiy xodimlarning paxta terimidan ozod etilishi haqidagi gap-so‘zlar hozircha o‘z tasdig‘ini topmadi.

Eslatib o‘tamiz, AQSh Senatining xalqaro munosabatlar qo‘mitasi delegatsiyasi bilan 15-avgust kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhiddinov 8-avgust kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017-yilgi paxta hosilini terishga voyaga yetmagan yoshlarni, shuningdek, sog‘liqni saqlash va ta’lim muassasalari xodimlarini jalb etishni qat’iyan taqiqlash to‘g‘risidagi bayonnoma qabul qilinganini ma’lum qilgan edi.

 

 

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (22-09-2017, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют