» » Germaniya tashqi ishlar vaziri: AQSh “Eron bitimi”dan chiqqudek bo‘lsa, yadroviy poygalar boshlanib ketadi

Germaniya tashqi ishlar vaziri: AQSh “Eron bitimi”dan chiqqudek bo‘lsa, yadroviy poygalar boshlanib ketadi


Germaniya tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabriel AQSh Eron yadro dasturi borasidagi bitimdan chiqqudik bo‘lsa, yangi yadroviy poyga boshlanishi mumlikligini ma’lum qildi, deb xabar berdi Reuters.

“Fojiali vaziyat yuzaga kelmoqda: Yadroviy qurolning tarqalishiga to‘sqinlik qilayotgan amaldagi yagona bitim xavf ostida. Buning ustiga Shimoliy Koreya kabi davlatlar yadroviy qurolga ega bo‘lgan bir paytda, bizga bu kabi bitimlar har doimgidan ham zarurroq”, — dedi Zigmar Gabriel.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Berlin Eron hamon mintaqada ayovsiz siyosatni olib borayotgani borasida Vashingtonning fikriga qo‘shiladi. “Biroq ishonchim komilki, yadroviy bitim bekor qilingan taqdirda ham na mintaqadagi, na Erondagi vaziyat yaxshilanadi”, — deya ta’kidladi vazir. Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, bitimning bekor qilinishi diplomatik harakatlarning ma’nisiz ekanligini barchaga namoyon qiladi.

19-sentabr kuni BMT Bosh assambleyasida so‘zga chiqqan Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Tehron yadroviy bitimni birinchi bo‘lib buzmasligiga va’da berdi. “Ushbu bitim siyosat olamiga endigina kirib kelgan insonlarning dastidan barbod bo‘lsa, juda afsuslanarli: dunyo ajoyib imkoniyatdan mahrum bo‘ladi”, — dedi u.

May oyida Tramp Erondan terrorchilarni moddiy va harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashi darhol to‘xtatishini talab qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron terrorchilik tashkilotlariga yordam ko‘rsatmoqda — “Livandan to Iroq va Yamanga qadar Tehron terrorchilarni va boshqa ekstremistik guruhlarni moliyalashtirib mintaqada tartibsizlikni keltirib chiqarmoqda”.

2015-yilning iyulida Eron AQSh, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya bilan birgalikda Tehron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. Eron bir qator sanksiyalarning bekor qilinishi evaziga uranni boyitishga bog‘liq ishlarini cheklashni o‘z zimmasiga olgandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-09-2017, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют