» » Dubaydagi eng arzon va sifatli mahsulotlar bilan savdo qiluvchi supermarketlarning Top-8 ligi e’lon qilindi

Dubaydagi eng arzon va sifatli mahsulotlar bilan savdo qiluvchi supermarketlarning Top-8 ligi e’lon qilindi


UAE Inside nashri Dubaydagi xaridorlarning pulini tejab qolishga yordam beradigan eng yaxshi supermarketlar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.

25 yildan ortiqroq vaqtdan beri faoliyatini davom ettirib kelayotgan Union Coop’ning Dubayda 11 ta filiali bor. Bu yerda sotiladigan barcha mahsulotlar yangi, narxlar esa Dubaydagi boshqa supermarketlarga qaraganda sezilarli darajada past.

Shaklan supermarketida eng yangi va qimmat bo‘lmagan meva hamda sabzavotlar iste’molchilarga taqdim etiladi. Shaklan o‘zining yong‘oqlari va organik mahsulotlari bilan mashhur.

Ushbu fransuz supermarketi o‘zining ajoyib narxlari va turfa assortimentlariga boy ekanligi bilan tanilgan. Bu yerdan nafaqat oziq-ovqat mahsulotlarini, balki kiyim-kechak va elektronikalarni ham xarid qilish mumkin.

Baker Moxebi Bur-Dubayda joylashgan arzon supermarket, u o‘zining shokoladlari va shirinliklari bilan mashhur. Bu yerda ulgurji xaridni ajoyib narxlarda amalga oshirish mumkin.

Dubayda bu kabi migrant-supermarket yagona va u juda ham raqobatbardosh. Bu yerdan Koreya mahsulotlarining ulkan assortimentini topish mumkin.

Arzon narxlarda organik mahsulotlar sotiladingan supermarket. Bu yerdan  BAA fermerlari tomonidan yetishtirilgan yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish mumkin.

Keng turdagi elektronika tovarlari sotiladigan eng yaxshi supermarketlardan biri.

Xaridorlar ushbu supermarketni erkalab “So-or” deb ataydi. Bu yerdagi meva va sabzavotlar doimo yangi. Supermarket dam olish kunlari turli aksiyalarni uyushtirib turadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (22-09-2017, 13:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют