» » Tokio KXDR yadro kallakli raketani Yaponiya tomonga uchirishini istisno etmadi

Tokio KXDR yadro kallakli raketani Yaponiya tomonga uchirishini istisno etmadi


Shimoliy Koreya Tinch okeanida kelgusi yadro sinovini o‘tkazishga qaror qilsa, bomba bu hududga ballistik raketa yordamida yetkazilishi va Yaponiya ustidan uchib o‘tishi mumkin. Bu haqda Yaponiya mudofaa vaziri Itsunori Onodera ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Gap vodorod bombasini ballistik raketa vositasida eltish haqida ketayotgan bo‘lsa, u Yaponiya hududidan uchib o‘tishini istisno etmaymiz”, — dedi Onodera.

KXDR tashqi ishlar vaziri Li Yon Xo oldinroq Pxenyan AQShning tajovuzkor siyosatiga javoban vodorod bombasining yangi sinovini o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqishi va u Tinch okeanida portlatilishi mumkinligini bildirgandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-09-2017, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют