» » Lobanov va Sergeyev yaxshi futbolchi emas? Shota Arveladze ularni haqiqiy professionallar deb atadi

Lobanov va Sergeyev yaxshi futbolchi emas? Shota Arveladze ularni haqiqiy professionallar deb atadi


Toshkentning “Paxtakor” klubi bosh murabbiyi Shota Arveladze poytaxt derbisida “Lokomotiv” mag‘lub etilgach, shogirdlaridan ikki kishini alohida e’tirof etib o‘tdi: Igor Sergeyev va Aleksandr Lobanov.

Bunga qadar mazkur ikki futbolchi O‘zbekiston milliy terma jamoasi muxlislari tomonidan keskin tanqid ostiga olingandi. Sergeyev JCh saralashining 10 ta o‘yinida maydonga tushib, 1 ta ham gol urmagan bo‘lsa, Lobanovning asosiy darvozabon bo‘lishga loyiq emasligi uzluksiz ta’kidlab kelingandi.

O‘yin taqdirini doim gol hal etadi. Lobanov esa bugun bizni goldan qutqarib qoldi. Shu boisdan ham aynan u bizning darvozani qo‘riqlamoda.

Igor Sergeyev esa jamoa to‘purari. U juda mehnatkash, mashg‘ulotlarda astoydil ishlaydi. Ikkinchi davrada hozircha 5 ta gol urdi. Deyarli har uchrashuvda to‘p kiritadi. Men Igor Sergeyevni hurmat qilaman, u haqiqiy professional.

Shota Arveladze, “Paxtakor” bosh murabbiyi

Toshkent derbisida “paxtakorchilar” “Lokomotiv” ustidan Marko Simichning yagona goli sabab zafar quchdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-09-2017, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют