» » Rostov-Donda Boeing qulashiga parvoz parametrlarini aks ettirishning yangi tizimi sabab bo‘lishi mumkin

Rostov-Donda Boeing qulashiga parvoz parametrlarini aks ettirishning yangi tizimi sabab bo‘lishi mumkin


Flydubai aiakompaniyasining Boeing samolyoti Rostov-Don aeroportiga qo‘nayotganda qulashiga uchuvchi laynerda o‘rnatilgan parvoz parametrlarini aks ettirishning yangi tizimi — Heads-up Display (HUD) tufayli yo‘nalishni yo‘qotgani sabab bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Kommersant” nashrining halokat tekshiruviga yaqin manbasiga tayanib, Meduza xabar berdi.

Uchuvchi Aristos Sokratos samolyot qulashidan avval HUD tizimini o‘zgartirgan bo‘lishi, bu esa yo‘nalishdan adashishiga ta’sir ko‘rsatgani taxmin qilinmoqda.

Uchuvchi ko‘z oldidagi shaffof displeyda parvoz parametrlarini aks ettiruvchi HUD tizimi aslida eng yangi Boeing samolyotlariga o‘rnatiladi. Biroq Flydubai bunday jihozni aviaparkidagi barcha havo kemalari, jumladan, Rostov-Donda qulagan Boeing 737–800 layneriga ham o‘rnatgandi.

Uning qulashi HUD tizimi bilan jihozlangan samolyotlarning ilk halokati ekanligi bildirilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-09-2017, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют