» » Fotogalereya: Haligacha o‘z yechimini topmagan Yer sayyorasidagi jumboqlar

Fotogalereya: Haligacha o‘z yechimini topmagan Yer sayyorasidagi jumboqlar


AdMe Yer sayyorasidagi hatto olimlar ham haligacha yechimini topmagan sirli va g‘ayrioddiy maskalar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.

Ushbu toshlarning o‘ziga xos jihati ularning g‘ayrioddiy o‘lchami va yumaloq shakli. Bu kabi shakldagi toshlar qayerdan paydo bo‘lgani hozirga qadar noma’lum.

Hayvonlar migratsiyasi — bu yilning ma’lum bir vaqtida hayvonlarning bir joydan boshqa joyga ko‘chishi. Biroq olimlar hozirga qadar qushlar, baliqlar, hasharotlar va sut emizuvchilarning genlari bu turdagi murakkab ko‘chishlarni qanday qilib amalga oshirishini aniqlay olmagan.

Bostonlik geolog Robert Shox “Misrdagi Sfinks haykalining boshi avvaliga sher ko‘rinishida bo‘lgan”, degan taxminini ilgari surgan. Fir’avnlardan biri esa, ustalarga haykalning ko‘rinishini o‘zining yuz tuzilishiga o‘xshatishlarini buyruq bergan… Ammo bu faraz hamon o‘z tasdig‘ini topmagan.

Ushbu tosh 1872-yilda Nyu-Gempshirdagi (AQSh) Meredit shaharchasida olib borilgan qazilma ishlari vaqtida topilgan. Meredit toshi — bu ishlov berilgan kvarsit bo‘lagi. Ushbu toshning yaratilgan vaqti va uning vazifasi nimadan iborat ekanligi aniqlanmagan.

Taos shahri aholisi (Nyu-Meksika, AQSh) ko‘p yillardan beri sahrodan qandaydir past chastotali ovozni eshitishadi. Shovqin og‘ir texnikaning magistral yo‘ldagi harakatini eslatadi, biroq yaqin atrofda hech qanday katta yo‘l mavjud emas.

Katta Quyon oroli hududida ko‘plab tosh bo‘laklari spiral shaklda joylashtirib chiqilgan. Ammo nima maqsadda bunday qilingani noma’lum. Qandaydir diniy marosimlar uchun mo‘ljallangan bo‘lishi ham mumkin, degan taxminlar mavjud.

1986-yilda bir guruh shovvozlar Yonaguni oroli yaqinidagi dengizdan arxitektura namunalarini yodga soluvchi inshootlarni topishga muvaffaq bo‘lgan.

Ushbu g‘ayrioddiy qizil yog‘dular Rossiyaning Kamchatka yarimorolida Y.van Xeyst tomonidan aniqlangan. U Boeing 747-8 samolyotini Gonkongdan Alyaskaga boshqarib ketayotganida buni payqab qolgan. Buning siri hamon aniqlanmagan. Olimlar qizil yog‘du okean ostidagi vulqon otilishining aksi bo‘lishi mumkin, degan farazni ilgari surishgan.

Dunyoning turli joylarida bu kabi shaklga ega toshlar qayerdan paydo bo‘lib qolgani haligacha olimlarni o‘ylantirib keladi. Shu jumladan Bosniyadagi ushbu ulkan toshning ham qayerdan paydo bo‘lgani noma’lum.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-09-2017, 18:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют