» » Facebook AQSh kongressiga “Rossiyaning aralashuvi” haqidagi ma’lumotlarni taqdim etadi

Facebook AQSh kongressiga “Rossiyaning aralashuvi” haqidagi ma’lumotlarni taqdim etadi


Facebook AQSh kongressiga mamlakatdagi saylov kampaniyasi vaqtida go‘yoki rossiyalik agentlar tomonidan sotib olingan minglab e’lonlar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Facebook asoschisi Mark Sukerbergning so‘zlariga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Ijtimoiy tarmoq avvalroq AQShdagi saylovoldi kampaniyasi jarayonida “Rossiya botlari” saylovlar natijasiga ta’sir o’tkazish uchun siyosiy reklamalar sotib olganini ma’lum qilgan edi.

Sukerbergning so‘zlariga ko‘ra, Facebook bir necha oylardan beri AQSh hukumati bilan “Rossiya tomoni aralashuvi”ni tadqiq etishda hamkorlik qilmoqda.

“Biz yangi olamda yashayapmiz. Internet-guruhlarning yangi vazifasi saylovlar natijasiga ta’sir ko‘rsatishga urinayotgan davlatlarga nisbatan chora ko‘rishdan iborat”, —deydi Mark Sukerberg.

Facebook asoschisi “soxta akkauntlarning Rossiya reklamalari bilan bog‘liqligi haqidagi dalillarni topmaganini”, biroq kongressga qo‘lidagi mavjud ma’lumotlarni taqdim etishini qo‘shimcha qildi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (22-09-2017, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют