» » Navoiydagi istirohat bog‘ida yosh yigit attraksiondan yiqilib tushdi. U jonlantirish bo‘limida yotibdi

Navoiydagi istirohat bog‘ida yosh yigit attraksiondan yiqilib tushdi. U jonlantirish bo‘limida yotibdi


Navoiy viloyati Navoiy shahar Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida 16-sentabr, kech soat 20:00 dan o‘tganda noxush hodisa ro‘y bergan. Yosh yigit bog‘dagi attraksionlardan birida uchayotgan vaqtda xafsizlik kamari nosozligi tufayli, havoda uchib borib narvonga urilgan. Bu haqda turli ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar xabar qoldirmoqda, deb yozadi UZ24.

Xabarlarda yigitning ismi Bahrom Yakubov deya qayd etilmoqda. U baxtsiz hodisa tufayli og‘ir tan jarohatlari olgani, jumladan, qo‘l va oyoqlari, yuz yanoqlari, burni, jag‘i, ko‘z kosasi singani, hozirda yigit Navoiy shahridagi shifoxonaning jonlantirish bo‘limida yotgani aytilmoqda. Xabarlarga yigitning og‘ir ahvolda yotgan suratlari ham ilova qilingan.

Hozircha istirohat bog‘i ma’muriyatidan, O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligidan ushbu hodisaga rasman izoh berilmagan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (22-09-2017, 19:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют