» » Volvo kompaniyasi eng arzon krossoverni taqdim etdi

Volvo kompaniyasi eng arzon krossoverni taqdim etdi


Volvo kompaniyasi CMA platformasida yaratilgan o‘zining eng qulay va arzon XC40 krossoverini taqdim etdi. Ushbu platforma aynan ixcham modellar uchun maxsus ishlab chiqarilgan va uning asosida yana bir nechta yangiliklar mavjud. Bu haqda Top Gear’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Krossoverning uzunligi 4425 millimetrga teng, g‘ildiraklar bazasi esa 2702 millimetrni tashkil etadi. Yangi model yukxonasining hajmi 460 litr.

Shuningdek, krossover saloni ko‘plab konteynerlar bilan, jumladan, eshikdagi katta o‘lchamli cho‘ntaklar bilan jihozlangan.

Mashina interyeridan vertikal yo‘naltirilgan 9 dyuymli multimediyali monitor joy olgan. Ikkinchi, 12 dyuymli monitor avtomobil ichidagi qurilmalarga qalqon vazifasini o‘taydi.

Dastlab krossoverning ikkita motorlisi — 190 ot kuchiga ega, dizelda ishlaydigan D4 hamda 245 kuchga ega benzinda harakatlanadigan T5. Ularning ikkisi ham 6 boqichli mexanik yoki 8 diapazonli avtomat quti orqali boshqariladi.

Keyinchalik ushbu modelning uch silindrli turbomotor — T3 o‘rnatilgan, 150 ot kuchiga ega modifikatsiyasini ham chiqarish rejalashtirilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-09-2017, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют