» » Samarqandda inson huquqlari bo‘yicha forum o‘tkaziladi

Samarqandda inson huquqlari bo‘yicha forum o‘tkaziladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqinda AQSHga uyushtirilgan safar chog‘ida Samarqandda inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi. Bu haqda xalqaro press-klub yig‘ilishida Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori Akmal Saidov ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Shavkat Mirziyoyev ushbu tashabbusni inson huquqlari bo‘yicha BMT oliy komissari Zayd Ra’d al-Husayn bilan uchrashuv chog‘ida 2018-yili Butunjahon inson huquqlari deklaratsiyasi qabul qilinishining 70 yilligi nishonlanishi munosabati bilan ilgari surdi.

“Endi O‘zbekiston himoyalanuvchi pozitsiyasida emas — ilgari bizni tanqid qilishar edi, biz esa himoyalanardik va javob berardik. Hozir O‘zbekiston nafaqat milliy darajadagi, balki global miqyosdagi tashabbuslar bilan chiqmoqda”, — dedi Akmal Saidov.

Shuningdek, u Prezident inson huquqlari bo‘yicha BMT oliy komissarining O‘zbekistondagi ofisini ochish, bu bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatishni taklif qilgan. Ayni paytda komissar boshqarmasining mintaqaviy ofisi Bishkekda joylashgan.

Akmal Saidovning so‘zlariga qaraganda, bu O‘zbekiston “ochiq, keng, inson huquqlari bo‘yicha har qanday, hatto eng nozik masalalarni muhokama qiladigan konstruktiv mamlakatga aylanayotganini ko‘rsatadi”.

Inson huquqlari bo‘yicha BMT oliy komissari joriy yilning may oyida birinchi marta O‘zbekistonda bo‘ldi. Sentabr boshida O‘zbekistonga Bishkek ofisi rahbari ham keldi. Shu oxirida BMTning din va e’tiqod erkinligi masalasi bo‘yicha maxsus hisobotchisi Ahmad Shahid tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-09-2017, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют