» » Suriya TIV AQShni terrorchilardan foydalanishda aybladi

Suriya TIV AQShni terrorchilardan foydalanishda aybladi


AQSh o‘z nazorati ostidagi terrorchilardan foydalanib, Suriyada ixtilofni barataraf etish jarayoniga to‘sqinlik qilmoqda. Bu haqda Suriya tashqi ishlar vaziri Valid Muallim BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

“Ular Ostona jarayonining muvaffaqiyatli natijalaridan norozi, shu bois o‘z vositalari, shu jumladan, ‘Jabhat an-Nusra’ guruhidan foydalanib, erishilgan kelishuvlarga to‘sqinlik qilmoqda”, — dedi diplomat.

Muallimning so‘zlariga qaraganda, AQSh suriyaliklar Dayr az-Zavrning ozod etilishida ishtirok etayotganini tan olmoqchi emas:

“Amerikaliklar, odatdagiday, suriyaliklarni Rossiya va Eron bilan bir safda Dayr az-Zavrni ozod qilayotganlar qatorida ko‘rmoqchi emas. Bu bizning hududimiz, biz IShIDni yengish uchun hamma narsa qilamiz”.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-09-2017, 23:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют