» » Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi strukturasida o‘zgarish ro‘y berdi

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi strukturasida o‘zgarish ro‘y berdi


11-sentabr kuni O‘zbekiston Prezidentining “Avtomobil yo‘llaridagi ko‘kalamzorlashtirish va me’moriy-landshaft qurilmalari tizimlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi. Bu haqda Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qaror avtomobil yo‘llaridagi qurilmalarning me’moriy-badiiy sifatini tubdan oshirish, Respublika avtomobil yo‘llari bo‘yidagi ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini yo‘l harakati xavfsizligi hamda atrof-muhit muhofazasi masalalarining zamonaviy talablariga javob bergan holda, yagona tizimli va kompleks asosda shakllantirish sifatini tubdan oshirish maqsadida qabul qilindi.

Qarorga asosan, O‘zbekiston avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi qoshidagi “Avtoyo‘lko‘kalamzorlashtirish” korxonasi “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” unitar korxonasiga aylantirildi.

Qabul qilingan qarorga muvofiq, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi markaziy apparati tuzilmasiga ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish masalalariga javob beradigan rais o‘rinbosari lavozimi qo‘shiladi hamda u bir paytning o‘zida “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” unitar korxonasi direktori hisoblanadi. Shuningdek, qo‘mita tarkibida ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish boshqarmasi ham tashkil etiladi.

Qaror bilan “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” unitar korxonasining tashkiliy tuzilmasi hamda korxonaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bo‘linmalari namunaviy tuzilmalari ham tasdiqlandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-09-2017, 23:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют