» » Apple bir haftada 43 milliard dollar kapitalizatsiyasini yo‘qotdi

Apple bir haftada 43 milliard dollar kapitalizatsiyasini yo‘qotdi


AQShning Apple korporatsiyasi kapitalizatsiyasi joriy haftada oxirgi 17 oy ichidagi eng yomon natijani qayd etib, 43 milliard dollarga qisqardi. Bu haqda, NASDAQ birjasi ma’lumotlariga tayanib, Financial Times nashri xabar bermoqda.

22-sentabr kuni korporatsiya aksiyalarining narxi 1,6 foizga tushdi, 18-sentabrdan boshlab umumiy tushish esa 5,2 foizni tashkil etdi.

Korporatsiya aksiyalari narxi 22-sentabr kuni sotuvga chiqarilgan Apple Watch soatida internet bilan bog‘liq muammolar borligi haqidagi xabarlar tufayli tushib bormoqda. Bundan tashqari, tahlilchilar iPhone 8 smartfoniga bo‘lgan talab bo‘yicha salbiy prognozlar berdi — ularning fikricha, yangi gadjet iPhone 7 dan jiddiy farq qilmaydi.

Ekspertlarning fikricha, Apple muxlislari oktabr boshida chiqishi kutilayotgan iPhone X smartfonini ko‘zlab, sukut saqlayotgani ham iPhone 8 ga bo‘lgan talab hajmiga salbiy ta’sir o‘tkazadi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (23-09-2017, 00:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 89) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют