» » Serbiyada muxolifatchi deputat parlament raisini yig‘latdi (video)

Serbiyada muxolifatchi deputat parlament raisini yig‘latdi (video)


Serbiya parlamentida muxolifat vakillari rais Mayya Goykovichni nogiron deputatni diskriminatsiya qilishda aybladi, shundan so‘ng ayol ko‘zida yosh bilan majlislar zalini tark etdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Ta’lim to‘g‘risidagi qonun loyihasiga kiritilajak o‘zgartish muhokama qilinayotgan paytda muxolif Demokratik partiyasi deputati Aleksandra Yerkov spikerni aravachada yuruvchi nogiron bo‘lmish deputat Lyupka Mixaylovskini kamsitishda aybladi.

Yerkov xonimning fikricha, rais Mixaylovskining chiqish qilishiga imkon bermagan va bu bilan uni diskriminatsiya qilgan.

Goykovich bu so‘zlar og‘ir haqorat ekanligini ta’kidladi, negaki uning o‘z oilasida ham nogiron bor.

“Uyalinglar”, — dedi u va, yig‘lab yuborib, zalni tark etdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (23-09-2017, 00:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют