» » Nima uchun tirnoq milklari paydo bo‘ladi va ularni qanday yo‘qotish mumkin?

Nima uchun tirnoq milklari paydo bo‘ladi va ularni qanday yo‘qotish mumkin?


Tirnoqning milklari qo‘llarni xunuk ko‘rsatadi, kiyimlarga ilinib qoladi, yara va chipqonlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Albatta, bu muammolarning sizga hech keragi yo‘q.

Ular paydo bo‘lishining asosiy sababi — terining suv, kimyoviy vositalar, qog‘oz, shuningdek shamol va sovuq ta’sirida quruqlashishi. Namlikning kamligiga muvofiq ravishda ovqatlanmaslik, aniqrog‘i — yog‘lar va A, E vitaminlarining yetishmasligi ham sabab bo‘lishi mumkin.

Tirnoq milklaridan tirnoqlarini tishlashni sevadiganlar ham aziyat chekadi, chunki bu xunuk odat tirnoq lojasini zaiflashtiradi va tirnoq yuzasi atrofidagi terining shikastlanishiga olib keladi.

Agar siz to‘g‘ri ovqatlanishga rioya qilsangiz, qo‘lingiz terisini parvarish qilib tursangiz va tirnog‘ingizni tishlash odatingiz yo‘q bo‘lsa, baribir tirnoq milklari yo‘qolmayotgan bo‘lsa, bu shifokorga murojaat qilish uchun jiddiy sabab bo‘la oladi.

Oldini olishning eng yaxshi vositasi qo‘llarni teri qurishiga sabab bo‘ladigan hamma narsalardan himoya qilish, shuningdek muntazam ravishda namlovchi kosmetik vositalardan foydalanishdir. Shuning uchun uy ishlarini iloji boricha rezina qo‘lqoplarda bajarish va kremni faqat uxlash oldidan emas, balki zarur hollarda ham surish kerak.

Taomnomangizda yog‘lar va vitaminlarga boy bo‘lgan oziq-ovqatlar: baliq, o‘simlik yog‘lari, yong‘oqlar, sabzavotlar, mevalar va ko‘katlar ishtirok etishiga e’tibor bering.

Muntazam ravishda gigiyenik manikyurlar qilib turing. Tirnoq chekkalarida paydo bo‘lgan ortiqcha teri bo‘lakchalarini kesib tashlamasdan, unga maxsus yog‘lar suring va apelsin cho‘p bilan tirnoqning asosi tomon suring.

Manba: “Layfxaker”

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-09-2017, 07:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют