» » Xitoy tashqi ishlar vazirligi mamlakat markaziy banki KXDR bilan biznes yuritishni taqiqlagani haqidagi ma’lumotlarni inkor etdi

Xitoy tashqi ishlar vazirligi mamlakat markaziy banki KXDR bilan biznes yuritishni taqiqlagani haqidagi ma’lumotlarni inkor etdi


Xitoy xalq respublikasi tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Lu Kan mamlakat markaziy banki moliyaviy tashkilotlarga KXDR bilan biznes yuritishni taqiqlagani haqidagi xabarlarni inkor etdi, deb xabar beradi “TASS”.

“Bu ma’lumot haqiqatdan yiroq”, — deydi tashqi ishlar vazirligi vakili.

“Xitoy har doim BMT Xavfsizlik kengashi qarorlariga to‘laqonli tarzda amal qilgan va o‘zining xalqaro majburiyatlarini bajargan”, — deydi Lu Kan so‘zlarini davom ettirib.

AQSh prezidenti Donald Tramp Koreya yetakchisi Mun Chje In va Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan uchrashuv oldidan Xitoy markaziy banki mamlakatdagi boshqa banklarga KXDR bilan hamkorlik qilishni taqiqlaganini ma’lum qilgan edi.

“Xitoy markaziy banki mamlakatdagi boshqa banklarga KXDR bilan hamkorlik qilishni taqiqladi. Bu hozirgina yuz berdi. Men Xitoy xalq respublikasi yetakchisi Si Szinpinga ushbu dadil qadam uchun minnatdorchilik bildiraman. Bu kutilmagan qaror bo‘ldi va biz buni yuksak qadrlaymiz”, — degan edi Donald Tramp.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (23-09-2017, 07:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют