» » TOTUS tobora kengaymoqda

TOTUS tobora kengaymoqda


Samarqand TOTUS’ini Buyuk Ipak yo‘li marvaridining aholisi juda yaxshi ko‘radi, chunki TOTUS doim mazali, qulay va zamonaviy. Tarixiy obidalar va uyquga cho‘mgan mavzelar orasida TOTUS — bu XXI arsning haqiqiy orolchasi, samodan ko‘p asrlik shaharga tushgan yorqin yulduzcha, u katta va ahamiyatli Samarqand hayotiga oz bo‘lsa-da, joziba bag‘ishlagan!

TOTUS tezkor ovqatlanish restoranlari shahar aholisi va turistlar orasida katta muvaffaqiyatga erishgach, ushbu tarmoq asoschilari yana bir yangi restoranni ochishga qaror qilishdi, bu Samarqanddagi uchinchi restoran bo‘ldi.

20-sentabr kuni soat 17:00 da Samarqand ahli uzoq kutgan muhim voqea — yangi TOTUS restoranining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Muassasa asoschilari mehmonlar uchun haqiqiy ziyofat uyushtirdi — butun O‘zbekiston aholisining birdek mehrini qozongan raqsga tushuvchi ulkan oq va qo‘ng‘ir ayiqlar jamoatchilikni xushnud etdi, bolalar animatorlar bilan o‘yinga tushdi, eng xushchaqchaq va faol mehmonlarni turli musoqaba va sovg‘alar kutib qoldi.

TOTUS lavashlarini tezroq yeyish musobaqasi mehmonlarga juda manzur bo‘ldi — ushbu musobaqa ishtirokchilari tomoshabinlar e’tirofiga, shuningdek, TOTUS’ning suvenir hamda sertifikatiga ega bo‘lish uchun “jiddiy” harakat qilishlariga to‘g‘ri keldi. Bu kulguli tuyulsa-da, shu bilan birga yoqimli ham edi. Shuningdek, mazali ham!

Tashrif buyurgan mehmonlarning e’tiborini rekordchi shaurma o‘ziga tortdi. Toshketda 8 tonnalik palov pishirilgan bo‘lsa, TOTUS bir metrlik shaurma tayyorladi. Bu ham Ginnesning rekordlar kitobiga nomzod bo‘lishga arzimaydimi?! Naqd yuz santimetr uzunlikda tayyorlangan shaurma mehmonlarni yoqimli shok holatiga tushirib qo‘ydi. Undan taralayotgan hidni esa ta’riflashga til ojiz! Ushbu “g‘o‘shtli tort” tadbir ishtirokchilarining barchasiga birday manzur bo‘ldi.

Yangi TOTUS restoranining ochilish marosimi uchun tashkilotchilar tomonidan puxta tayyorlanib taqdim etilgan dasturlar bir necha soat davom etdi, turistik shahar aholisi uchun bu turdagi shovqinli va oilaviy bayram xuddiki yetishmayotgandek edi.

Yangi TOTUS va muassasaning boshqa tarmoqlari doimo mehmonlarni, shuningdek, yangi do‘stlarni kutib olishdan mamnun! Siz ham tashrif buyuring, rohatlaning, maroqli hordiq chiqarib yana va yana qaytib keling!

Manzil: Dagbitskaya ko‘chasi, 47-uy.

Facebook: www.facebook.com/totus.uz/

Reklama huquqi asosida!

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (23-09-2017, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 3) ( 0) ( 3) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют