» » Meksikada zilziladan jabr chekkanlarga gumanitar yordam yukini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi

Meksikada zilziladan jabr chekkanlarga gumanitar yordam yukini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi


Bortida zilziladan jabrlanganlar uchun gumanitar yordam yukini olib ketayotgan Meksika bosh prokuraturasiga tegishli bo‘lgan vertolyot Oaxaka shtati janubidagi San-Karlos-Yautepek munitsipalitetida falokatga uchradi. Bu haqda Sinembargo’ga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Mamlakat milliy qidiruv-qutqaruv xizmati rahbari Luis Felipe Puentening so‘zlariga ko‘ra, noxush hodisa oqibatida uch kishi jarohat olgan, yana to‘rt kishiga hech nima qilmagan. Falokat sabablari keltirilmadi.

Avvalroq, Meksikada sodir bo‘lgan zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 293 kishiga yetgani haqida xabar berilgandi.

Meksika milliy seysmologiya xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, yer osti silkinishlarining epimarkazi poytaxtdan 111 kilometr janubda, Axochyapan (Morelos shtati) aholi punktidan 12 kilometr janubi-sharqda joylashgan. Uning o‘chog‘i 57 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (23-09-2017, 13:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют