» » “O‘zbekkino” Zulfiqor Musoqovning yangi filmini moliyalashtirish nima sababdan to‘xtatib qo‘yilganiga izoh berdi

“O‘zbekkino” Zulfiqor Musoqovning yangi filmini moliyalashtirish nima sababdan to‘xtatib qo‘yilganiga izoh berdi


Rejissor Zulfiqor Musoqovning “Berlin—Oqqo‘rg‘on” deb nomlangan filmining suratga olish ishlari moliyaviy muammolar sabab vaqtincha to‘xtatib qo‘yildi. Bu haqda film ijodiy guruhi nomidan tayyorlangan bayonotni rejissor Zulfiqor Musoqov o‘zining Facebook’dagi sahifasiga joyladi.

Ushbu e’lon bilan shuni xabar bermoqchi edikki, 14-sentabr kuni “O‘zbekkino” Milliy agentligidan “O‘zbekfilm” kinostudiyasiga shu yil ishga tushirilgan bir nechta badiiy filmlarni 2018-yilning yanvar oyigacha vaqtincha to‘xtatib turish tavsiya etilgan. Sababi: ma’lum moliyaviy muammolar. Bu sababni “O‘zbekkino” rahbarlari shaxsan menga va kinostudiya direktoriga ma’lum qilishdi. Afsuski, vaqtincha to‘xtatilgan filmlar orasida bizning “Berlin—Oqqo‘rg‘on” filmimiz ham bor. Shu kunlargacha ijodiy guruh tayyorgarlik ishlarini juda katta foizini amalga oshirgan edi. Baribir, oyliksiz bo‘lsa ham biz ishlayapmiz. Niyatimiz xolis, xudo xohlasa 2018-yilda film ustida ishlar boshlanib, kuzda tomoshabinlarga taqdim etamiz.

Hurmat bilan ijodiy guruh

Mazkur fikrlarga oydinlik kiritish, vaziyatga aniq baho berish maqsadida jurnalist Feruz Muhammad “O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktori Furqat Zokirov bilan bog‘lanib quyidagi ma’lumotlarni oldi.

“O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan beshta film suratga olish boshlangan, ammo hisobimizda faqatgina bitta film uchun yetarli mablag‘ qolgan. Shuning uchun mazkur filmlarni vaqtincha to‘xtatib turdik. Yillik davlat hisobidan ajratilgan budjet suratga olish uchun mo‘ljallangan barcha filmlarni qoplamas edi. Lekin mazkur filmlar jamoasining ishlagan davri, tayyorgarlik davri, rejissorning mehnatini inobatga olgan holda ularning pulini to‘lab beramiz. To‘xtatib qo‘yilgan filmlar endi suratga olinmaydi degan fikrga borish noto‘g‘ri. Yangi badiiy kengash ssenariylarni ko‘rib chiqib ijobiy baho bersa, filmlarning suratga olish ishlari davom etadi. Ularning suratga olish ishlari qay biri yil boshida, qaysi biri sal keyinroq suratga olinishi yangi badiiy kengashning javobiga bog‘liq bo‘ladi… Hozirgi kunda har xil janrdagi, tarixiy, harbiy-vatanparvarlik ruhidagi filmlarni suratga olishimizni zamonning o‘zi taqazo qilmoqda. Ayni vaqtda asosiy e’tiborimiz shunga qaratilgan.

Furqat Zokirov, “O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktori

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (23-09-2017, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют