» » Xitoydagi feyerverk zavodida portlash ro‘y berdi

Xitoydagi feyerverk zavodida portlash ro‘y berdi


Xitoyning Szyansi provinsiyasidagi feyerverk ishlab chiqaruvchi zavodda portlash ro‘y berdi. Buning oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Voqea 22-sentabr kuni Shanli uyezdida, Pinsyan shahri yaqinida yuz berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, mahalliy ma’muriyat tekshiruv chog‘ida aniqlangan nosozliklar tufayli zavod faoliyatini to‘xtatishga qaror qilgan. Korxona tahdidlarni to‘liq bartaraf qilgunga qadar ishlab chiqarishni butunlay to‘xtatishi lozim edi.

Ammo o‘sha kuni kechki soatlarda korxona xodimlari belgilangan tartibni buzib, ishni qayta boshlab yuborgan. Buning oqibatida portlash yuz bergan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-09-2017, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют