» » Toshkentda “Temurbeklar maktabi” taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Toshkentda “Temurbeklar maktabi” taqdimoti bo‘lib o‘tdi


Prezidentning   5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, barcha harbiy akademik litseylarga “Temurbeklar maktabi” nomi berildi. 23-sentabr kuni Toshkentdagi “Temurbeklar maktabi”ning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zA.

Tadbirda O‘zbekiston xalq artisti T. Mo‘minov va boshqalar ishtirok etdi. Ular o‘quvchilarni Toshkent harbiy-telekommunikatsiya akademik litseyiga “Temurbeklar maktabi” maqomi berilgani bilan qutladi, ularga ushbu buyuk nomga munosib bo‘lishni tiladi.

“Temurbeklar maktabi” o‘quvchilari safda yurish bo‘yicha tayyorgarligini namoyish qildi, armrestling, avtomatni bo‘laklarga ajratish va yig‘ish, granata uloqtirish, turnikka tortilish, to‘siqlar osha yugurish, qo‘l jangi, arqon tortish, harbiy estafeta musobaqalarida ishtirok etdi. G‘oliblar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Mehmonlar o‘quv, ma’naviyat va ma’rifat xonalari, axborot-resurs markazi, ushbu o‘quv muassasasi faoliyati xaqida hikoya qiluvchi fotoko‘rgazma, shuningdek, Amir Temurga bag‘ishlangan ko‘plab ko‘rgazmali va didaktik materiallar bilan tanishdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-09-2017, 22:27)
+2 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют