» » Samarqandlik xonanda Rossiya telekanalining “Golos” shousida ishtirok etdi

Samarqandlik xonanda Rossiya telekanalining “Golos” shousida ishtirok etdi


Asli samarqandlik bo‘lgan 33 yoshli xonanda Alla Seydaliyeva Rossiyaning “Birinchi kanal”idagi mashhur “Golos” musiqiy tanlovi 6-mavsumida ishtirok etdi. Bu haqda MyDay xabar berdi.

Qiz britaniyalik xonanda Enn-Marining Alarm qo‘shig‘i bilan eshituvlarda ishtirok etdi. U keyingi bosqichga o‘ta olmadi, ammo hakamlar uning ijrosini yuqori baholadi.

Alla Seydaliyeva Toshkentdagi musiqiy gimnaziyada ta’lim olgan, shuningdek, musiqiy maktabning fortepiano sinfini tamomlagan. 2010-yili Londonga ko‘chib o‘tgan. Dastlab u yerda University of West London’dagi Tech Music School (TMS) maktabini tamomlab, ommabop musiqa bakalavri unvonini olgan. So‘ng qiz University of East London’ning The Institute of Contemporary Music Performance (ICMP) maktabida magistraturada o‘qigan.

Yetti yil musiqadan dam bergan, shu jumladan, Buyuk Britaniyada ishlagan.

2010–2013-yillarda trip-xop janrida kuylovchi The Mouth of Ghosts guruhi yakkaxoni bo‘lgan.

Shouning o‘tgan mavsumida o‘zbekistonlik boshqa xonanda — Sardor Milano finalgacha borgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-09-2017, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют