» » Venesuela unga qarshi sanksiyalarni kuchaytirgan Kanadani Trampga bo‘ysunishda aybladi

Venesuela unga qarshi sanksiyalarni kuchaytirgan Kanadani Trampga bo‘ysunishda aybladi


Venesuela rasmiylari Kanadaning prezident Nikolas Maduro rejimi vakillariga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish qarorini tanqid ostiga oldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Venesuela rasmiylarining fikricha, Kanada bu bilan AQSh prezidenti Donald Trampga bo‘ysunishini ko‘rsatib qo‘ygan.

Jumladan, bayonotda ta’kidlanishicha, sanksiyalarni kuchaytirish bo‘yicha Kanadaning xatti-harakatlari AQSh ma’muriyatining ishlariga uyg‘un kelmoqda.

“Kanada prezident Donald Tramp hukumatiga bo‘ysunish orqali axloqsiz hamkorlikka qo‘l urdi”, — deyiladi bayonotda.

Bundan tashqari, Venesuela vakillari Kanadani sanksiyalar orqali mamlakatning qonuniy hukumatini ag‘darishga yordam berishga urinayotganlikda aybladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-09-2017, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют