» » Germaniyada Bundestagga saylovlar boshlandi

Germaniyada Bundestagga saylovlar boshlandi


Germaniyada parlament saylovlari kuni saylov uchastkalari ochildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Natijalari yangi hukumat va yangi kansler nomini aniqlab beradigan ovoz berish jarayoni Toshkent vaqti bilan 21:00 ga qadar — 18 soat davom etadi. Meduza’ning yozishicha, saylov tugashi bilan uning dastlabki natijalari e’lon qilinadi (2013-yilgi saylovda dastlabki natijalari 15 daqiqa ichida e’lon qilingan edi).

Saylov arafasida o‘tkazilgan so‘nggi ijtimoiy so‘rovlar saylovchilarning 35 foizi Angela Merkel yetakchiligidagi XDI/XSI alyansi uchun ovoz berishga, o‘z-o‘zidan, Merkel xonimni ketma-ket to‘rtinchi bor kansler bo‘lishini ta’minlashga tayyorligini ko‘rsatgan.

Ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, XDI/XSIning asosiy raqobatchilari — Germaniya sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) saylovchilarning 22 foiz, “Germaniya uchun muqobil yo‘l” firqasi esa 11 foiz ovoz olishi kutilmoqda. Keyingi o‘rinlarni “So‘llar”, “Erkin demokratlar” va “Yashillar” band etgan.

2013-yili bo‘lib o‘tgan so‘nggi parlament saylovlarida XDI/XSI bloki 41,5 foiz ovoz olib, Bundestagdagi 309 kursini band etgan edi. Ular GSDP bilan koalitsiya tashkil etib, umumiy hisobda 502 mandatga ega bo‘lgandi.

Kanslerni saylash uchun deputatlarning shunchaki ko‘pchilik ovozini qo‘lga kiritish kifoya.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-09-2017, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют