» » Toshkent shahrida yil boshidan beri 1,5 mingdan ortiq kishini daydi itlar tishladi

Toshkent shahrida yil boshidan beri 1,5 mingdan ortiq kishini daydi itlar tishladi


Yil boshidan beri Toshkent shahrida uy va ko‘cha jonivorlari hujumidan 3527 kishi jabrlandi, ulardan 1633 nafarini daydi itlar tishladi. Shahar hokimligiga ko‘ra, bu kasal it yoki mushuklardan quturishni yuqtirib olish xavfini tug‘diradi, deya xabar beradi “Kommersant.uz”.

Toshkent shahridagi uysiz jonivorlarni tutish otryadlariga faoliyatni kuchaytirish va kunu tun ish tartibiga o‘tish topshirildi. 11 ta brigada zarurat bo‘lganda qo‘shimcha texnika va transport, yoqilg‘i-moylash materiallari, jonivorlarni tutish uchun jihoz va maxsus ashyolar bilan ta’minlanadi.

Quturgan jonivorlar aniqlangan taqdirda xizmatlarga ularni joyida otib tashlash tavsiya etildi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yili Toshkent shahrida maxsus otryadlar tomonidan 10 993 ta, joriy yil 8 oyi mobaynida esa 7041 ta jonivor tutildi. 2016-yili ko‘chalarda 740 ta, bu yil esa 510 ta jonivor o‘ligi yig‘ishtirib olindi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (24-09-2017, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют