» » Chilonzorda yuz bergan dahshatli YTH oqibatida 67 yoshli ayol halok bo‘ldi

Chilonzorda yuz bergan dahshatli YTH oqibatida 67 yoshli ayol halok bo‘ldi


Toshkent  shahar Chilonzor tumanida 23-sentabr kuni taxminan soat 18:30 da taksi haydovchisi Bunyodkor ko‘chasida avtomobilni katta tezlikda boshqarib, daraxtga borib urilgan. Buning oqibatida bir ayol halok bo‘lgan, uning nabiralari miya chayqalishi jarohatini olgan. Bu haqda UzNews xabar berdi.

Cobalt avtomobili haydovchisi katta tezlikda harakatlanib, avtomobil boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetidagi daraxtga borib urilgan.

Nashrning Toshkent shahar IIBB YHXBga tayanib yozishicha, YTH oqibatda taksi yo‘lovchisi bo‘lgan 1950-yilda tug‘ilgan ayol og‘ir tan jarohatidan kasalxonada vafot etgan.

Mashinada ayolning 11 va 8 yoshli ikki nafar nabirasi ham bo‘lgan. Ular boshidan o‘rta og’irlikdagi jarohat olgan. 1980-yilda tug‘ilgan haydovchining esa son suyagi singan.

Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ish hujjatlari Toshkent shahar IIBB Tergov bo‘limiga yuborilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (24-09-2017, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют