» » Fransiya Senati a’zolarining bir qismi uchun saylovlar bo‘lib o‘tmoqda

Fransiya Senati a’zolarining bir qismi uchun saylovlar bo‘lib o‘tmoqda


Fransiyaning aksariyat departamentlarida 24-sentabr mahalliy vaqt bilan soat 08:30 da Senat a’zolari bir qismining o‘rinlari uchun saylovda ovoz berish boshlandi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Bu bilvosita saylov bo‘lib, unda “katta saylovchilar” — shahar merlari, shahar, department, va viloyat kengashlari deputatlari ishtirok etadi. Saylov jarayoni 17:30 da o‘z nihoyasiga yetadi. Saylov yakunlari kunning oxirida ma’lum qilinishi kerak.

Fransiya senatorlari olti yilga saylanadi. Bugungi saylovda yuqori palatadagi 348 nafar a’zodan 171 nafari o‘zgaradi. Saylovlar Fransiyaning Yevropa qismidagi 38 ta departamentda va dengiz ortidagi oltita departament va hududda bo‘lib o‘tmoqda. Saylovlarda 1996 nafar nomzod ishtirok etmoqda — bu mazkur turdagi saylovlar uchun Fransiyadagi rekord.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (24-09-2017, 17:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 78) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют