» » O‘zbekistonda birinchi marta Rubik kubikini yig‘ish bo‘yicha WCA musobaqasi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekistonda birinchi marta Rubik kubikini yig‘ish bo‘yicha WCA musobaqasi bo‘lib o‘tadi


Toshkentda birinchi marta Butunjahon kubik assotsiatsiyasining (World Cube Association, WCA) chempionati tashkil etiladi. Bu haqda “Kommersant.uz” xabar berdi.

WCA tijorat tashkiloti bo‘lib, Rubik kubikini tez yig‘ishni rivojlantiradi va musobaqalar, xususan, qit’a va jahon chempionatini o‘tkazadi.

Toshkentda bo‘lib o‘tadigan chempionatni Xanneke Riks va Ravshanbek Abdullayev, shuningdek, WCA kengashi a’zosi va delegati Ron Ban Bryukhem tashkil qiladi. WCA delegati assotsiatsiyaning mamlakatdagi vakili bo‘lib, barcha WCA musobaqalari o‘rnatilgan qoidalar asosida o‘tishini nazorat qiladi.

Musobaqada ishtirok etish uchun 50 nafar ishtirokchi tanlab olinadi. Unda har qanday xohlovchi ishtirok etishi mumkin. Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovi joyida to‘lanadi va 30 ming so‘mni tashkil qiladi. Batafsil ma’lumotlar chempionatning rasmiy saytiga joylangan.

Musobaqada xohlagancha yo‘nalishda ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Yo‘nalishlar orasida bog‘langan ko‘z bilan yig‘ish, tez yig‘ish, bir qo‘lda yig‘ish, 2×2, 3×3, 4×4, 5×5 kubiklarni yig‘ish kabilar bor.

Vaqt chegarasi har bir yo‘nalish bo‘yicha alohida o‘rnatiladi va bir daqiqadan olti daqiqagacha bo‘lishi mumkin. Shu blan birga, kubikni sekin yig‘gan ishtirokchining natijasi ham hisobga olinadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (24-09-2017, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют