» » “Samarqandga kelishni anchadan buyon orzu qilardim”. Tatariston prezidenti Samarqandni aylandi

“Samarqandga kelishni anchadan buyon orzu qilardim”. Tatariston prezidenti Samarqandni aylandi


O‘zbekistonda tashrif bilan bo‘lib turgan Tatariston prezidenti Rustam Minnixonov 24-sentabr kuni Samarqanddagi muqaddas qadamjo va tarixiy obidalar bilan tanishdi. Avvalroq Tatariston davlat rahbari O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilgani haqida xabar berilgan edi.

Tatariston prezidenti Rustam Minnixonov O‘rta Osiyoda qurilgan birinchi masjid – Hazrati Xizr masjidi bilan ham tanishdi. 1300 yillik tarixga ega ushbu obidaning yaratilishi va uni asrab-avaylash borasida olib borilayotgan ishlarga yuksak baho berdi.

Yuqori martabali mehmon shahardagi Xo‘ja Doniyor ziyoratgohi, Shohi Zinda majmuasi, Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni va Mirzo Ulug‘bek rasadxonasini tomosha qildi. “Mazkur inshootlarning har biri xalqimizning boy o‘tmish va qadimiy madaniyatga ega ekanidan dalolat berishini qayd etdi”, — deb yozadi O‘zA.

O‘zAning qayd etishicha, Siyob dehqon bozoridagi to‘kin-sochinlik, sharqona savdo madaniyati ham tataristonlik mehmonda katta taassuruot qoldirgan. “Serquyosh zaminimizda yetishtirilgan noz-ne’matlardan tatib ko‘rib, ular Tataristonda ham juda xaridorgir ekanini ta’kidladi”, — deyiladi agentlik axborotida.

Samarqandga kelishni anchadan buyon orzu qilardim. O‘zbekistonga tashrifim Samarqanddan boshlanganidan juda xursandman. Bu qadimiy shahar chindan ham yer yuzining sayqali, tarixan sivilizatsiya markazi bo‘lganiga bugun yana bir bor amin bo‘ldim. Safarimizdan juda katta taassurot oldim.

Rustam Minnixonov, Tatariston prezidenti

Imom Buxoriy majmuasi ziyorati Tatariston prezidenti uchun Samarqandga tashrifning muhim voqealaridan biri bo‘ldi, deb yozadi O‘zA.

“Bu yerda yuqori martabali mehmonga yurtimizda muqaddas islom dini rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan allomalar, muhaddis bobolarimiz ma’naviy merosi haqida so‘zlab berildi”, — deb yozadi agentlik.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-09-2017, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют