» » Shveysariya kompaniyasi alp havosini eksport qilishni boshladi

Shveysariya kompaniyasi alp havosini eksport qilishni boshladi


Shveysariyada tog‘ havosini xorijga eksport qilish boshlandi. Swiss Alpin Air startapi shu tarzda dunyoning ifloslangan shaharlarini toza havo bilan ta’minlashga umid qilmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

“Har yili sayyohlar Shveysariya Alplariga bardamlashtiruvchi manzara va toza tog‘ havosidan bahramand bo‘lish uchun keladi. Bu — shunchaki bizda bor toza havoning eksporti. Biz allaqchon tog‘ buloqlaridan chiqadigan shveysariya suvini, shokoladini va pishlog‘ini eksport qilyapmiz. Shunday ekan, nima uchun toza havoni eksport qilmasligimiz kerak? Bu — dunyodagi eng yaxshi havo”, — deb tushuntirish bergan startap asoschisi.

Toza apl havosi yetti litr sig‘imli flakonlarda aerozol formatida onlayn sotilmoqda. Bunday flakon 120 marta nafas olish uchun yetishi kerak. Bitta aerozolni 21 dollarga, shuningdek, olti yoki yettita butilkadan iborat to‘plamni chegirma bilan sotib olish mumkin.

Ishlab chiqaruvchining fikricha, aerozoldagi havo ko‘proq ifloslangan shaharlar aholisiga toza kisloroddan nafas olishga yordam beradi. Aerozolga nafas olish uchun maxsus niqob ham qo‘shib beriladi.

Ayni vaqtda startap o‘z g‘oyasini kengaytirish uchun investorlarni izlamoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-09-2017, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют