» » Rossiyada YTHdan so‘ng O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi: u haydagan mashina o‘g‘irlangan, yukxonasida o‘lik bo‘lgan

Rossiyada YTHdan so‘ng O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi: u haydagan mashina o‘g‘irlangan, yukxonasida o‘lik bo‘lgan


Rossiyaning Leningrad viloyati Ropsha shaharchasida 23-sentabr oqshomida yo‘l-transport hodisasini rasmiylashtirish vaqtida mashinalardan birining yukxonasidan o‘lik ayolning jasadi topildi. Meduza’ning Tergov qo‘mitasiga asoslanib xabar berishicha, mashina o‘g‘irlangan bo‘lgan. Haydovchi qo‘lga olingan.

Mashina hududda istiqomat qiluvchi ayollardan biriga tegishli bo‘lgan. Yukxonada aynan o‘sha ayolning jasadi bo‘lganmi yoki boshqa — Tergov qo‘mitasi bunga aniqlik kiritmagan. Hodisa yuzasidan qotillik moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

47news nashri ma’lumotlariga ko‘ra, 23-sentabr kuni tongda Hyundai Creta rusumli avtomobilda hududda istiqomat qiluvchi Olga Tochyonix qo‘ziqorin tergani o‘tib ketgan. U kech tushganidan so‘ng uyga qaytmagach, eri Dmitriy va o‘g‘li Aleksandr uni izlab yo‘lga chiqqan.

Ota-o‘g‘il Ropshada Hyundai’ni ko‘rgan, biroq avtomobil rulida ularga noma’lum erkak o‘tirgan bo‘lgan. Ular mashinani quvlashga kirishgan va oqibatda YTH yuz bergan. Keyinroq avtomobil yukxonasida Olga Tochyonixning jasadi borligi ma’lum bo‘lgan.

47news’ning xabar berishicha, qo‘lga olingan shaxsning ismi Zuhriddin Bo‘riyev, u — O‘zbekiston fuqarosi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (24-09-2017, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют