» » Malida BMT missiyasining uch askari o‘ldirildi

Malida BMT missiyasining uch askari o‘ldirildi


Malida konvoy o‘tishi vaqtida yuz bergan portlash oqibatida BMT missiyasining uch askari halok bo‘ldi, besh nafari jiddiy yaralandi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Tinchlikparvar missiya vakillarining Reuters’ga ma’lum qilishicha, voqea mamlakat shimolida, Gao shahri yaqinida yuz bergan. Qurbonlar va jabrlanuvchilar haqidagi axborot o‘zgarishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2013-yil aprelidan beri Malida mamlakat shimoliy hududlarini egallab olgan tuareglarga qarshi kurashda hukumatga ko‘mak berish maqsadida BMT missiyasi joylashtirilgan.

Tinchlikparvar missiya jami 14 321 kishini o‘z ichiga olgan bo‘lib, uning yillik xarajati 933 million dollarni tashkil etadi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (24-09-2017, 21:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют