» » Erdo‘g‘on Mirziyoyev haqida: Hali hech bir davlat rahbari BMT minbaridan turib islom dinini bu qadar jasorat bilan himoya qilmagan

Erdo‘g‘on Mirziyoyev haqida: Hali hech bir davlat rahbari BMT minbaridan turib islom dinini bu qadar jasorat bilan himoya qilmagan


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida so‘zlagan nutqiga xalqaro siyosiy doiralarda, ommaviy axborot vositalarida munosabat bildirish davom etmoqda, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA).

O‘zAning yozishicha, sessiya ishtirokchilari Shavkat Mirziyoyevning nutqini diqqat bilan tinglagan, nutq yakunlanganidan so‘ng esa sessiya raisi, davlat rahbarlari O‘zbekiston Prezidentini tabriklab, o‘z taassurotlarini bildirgan.

“Masalan, Turkiya prezidenti Rajayu Toyyib Erdo‘g‘on hali hech bir davlat rahbari BMT minbaridan turib islom dini qadriyatlarini bu qadar jasorat bilan himoya qilmagani, hech qachon Imom Buxoriy nomini tilga olmaganini ta’kidladi”, — deb yozadi O‘zA.

Bundan tashqari, BMT bosh kotibi Antoniu Gutterish O‘zbekiston Prezidentining nutqi “nihoyatda mazmundor” bo‘lgani, unda bildirilgan tashabbuslar muhim va o‘z vaqtida ilgari surilganini ta’kidlab, bu tashabbuslarni xalqaro maydonda qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (24-09-2017, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют