» » Bundestagga saylovlarning dastlabki natijalari: o‘ta o‘ngchilar 13 foiz ovoz oldi

Bundestagga saylovlarning dastlabki natijalari: o‘ta o‘ngchilar 13 foiz ovoz oldi


O‘ta o‘ng kayfiyatdagi “Germaniya uchun muqobil yo‘l” partiyasi Bundestagga saylovlarda 13 foiz ovoz oldi. Germaniyadagi parlament saylovlarining ekzit-poll natijalari shunday, deb yozadi Meduza.

Hukmron XDI/XSI bloki 33,5 foiz, Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) esa 21 foiz ovoz oldi. “Erkin demokratlar”ga 10 foiz, “So‘llar” va “Yashillar”ga 9 foizdan ovozni qo‘lga kiritgan.

+++EIL+++ Union gewinnt die Wahl, deutliche Verluste f?r die
SPD, AfD drittst?rkste Kraft. #btw17 pic.twitter.com/nO1ERRDlyE

— ZDF heute (@ZDFheute) September 24, 2017

Ekzit-poll natijalari e’lon qilinganidan so‘ng, sotsial-demokratlar (GSDP) XDI/XSI bloki bilan yangi koalitsiya tashkil etishdan bosh tortishini e’lon qildi.

Saylov uchastkalaridan olingan dastlabki ma’lumotlar esa ekzit-poll natijalaridan birozgina farq qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Germaniyaning amaldagi hukumati XDI/XSI va GSDP koalitsiyasi tomonidan shakllantirilgan. 2013-yili o‘tgan saylovlar yakuniga ko‘ra, ushbu koalitsiya 630 mandatdan 502 tasini qo‘lga kiritib, Angela Merkelni kansler lavozimiga qayta saylagan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-09-2017, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 59) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют